Xullas, Uzum Tezkor orqali Safiadan qahva va taom buyurtma qildim. Buyurtma o‘z vaqtida yetib keldi, lekin qiziq holatga duch keldim qadoqda Yandex Eats reklama yorlig‘i yopishtirilgan. Bu oddiy detal emas balki, foydalanuvchi tajribasiga bevosita aralashadigan, raqib platforma ichida o‘zini eslatishga qaratilgan usul.

Bunday yondashuv marketingda bor lekin u odatda kuchsiz o‘yinchilar tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, Fransiyada Heetch kompaniyasi Uber Eats bilan raqobatda shunga o‘xshash usuldan foydalangan. Chunki ularning boshqa resurslari cheklangan edi.

Lekin Yandex resurs, texnologiya va budjet jihatidan kuchli o‘yinchi. Shu sababli menimcha bunday reklama usuli ularning darajasiga mos kelmaydi. Yana bilmadim.

Bu keysda yana bir savol paydo bo‘ladi. Safia bu jarayonda qanchalik ongli ishtirok etyapti? Chunki foydalanuvchi buyurtmani Uzum orqali qilgan bo‘lsa, ichida boshqa platforma reklamasini ko‘rishi bu allaqachon brendlararo etik chegarani buzish hisoblanadi.

Qisqasi bozorimizda ajib marketing yurishlari bo‘lyapti.

@hisperspective