2022-yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan Louis Vuitton o‘zining g‘alaba bu ruh deb nomlangan reklama kompaniyasini e’lon qilgan edi. Unda Messi va Ronaldoning Louis Vuitton chamodoni ustida shaxmat o‘ynayotganini ko‘rgandik.
2026-yilga kelib LEGO jahon chempionati oldidan xuddi shu ikki yulduz bilan o‘z reklama kompaniyasini e’lon qildi. Ushbu reklamadan maqsad LEGO “Editions” kolleksiyasini sotish hisoblanadi.
Kolleksiyada Mbappé va Vinicius Jr. uchun $29.99’lik “Football Highlights” to‘plamlari, Messi va Ronaldo uchun $79.99’lik “Football Legend” to'plamlari chiqarilgan.
LEGO ushbu marketing yurishiga o‘z pozitsiyasi bilan qaramoqda. Ya’ni ular tarix (Messi va Ronaldo) va kelajak (Mbappé va Vinicius Jr)ni bir yerda jamlashga urinishmoqda hamda qisman buni eplashdi.
Ishqilib dunyoda qiziq ishlar bo‘lyapti.