Avval boshidan aytib qoʻyay ushbu post oʻta subyektiv kayfiyatga ega va muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida tayyorlandi. Nimadir yoqmasa uzr.
Mendagi “shu loyiha aniq uxlaydi” ro‘yxatining boshida Yor-Yor loyihasi turadi. Chunki, telegramda oddiy guruh ochib qo‘yib qilinadigan ishni alohida startap qilishdan mantiq mavjud emas deb o‘ylayman. Lekin, ushbu loyihaga AloqaVentures tomonidan $20 ming sarmoya kitirilgan va venchur loyihaning istiqboliga ishongan.
Ishqilib, bu startap hozir yashayaptimi, real foydalanuvchilari bormi o‘zi bilmayman. Biroq, ayta olamanki veb-saytida qo‘yilgan 1-2 ta taklifnoma shablonlari bilan bozorda yashab qolishiga men ishonmayman. Menimcha to‘y qiladigan odamlar ham. Ammo, lekin, biroq.
Ikkinchi o‘rinda esa ayollar uchun qulay taksi xizmatini taklif etishni maqsad qilgan Lola taksi agregatori turadi. G‘oya jihatidan juda zo‘r o‘ylangan ammo, bozor hali tayyor emas. Bozorda 3480 nafar ayol taksi haydovchi ushbu faoliyat bilan shug‘ullanmoqda va bu haydovchilarning yarimidan ko‘pi Loladan har qanday taraflama imkoniyati keng bo‘lgan bozor o‘yinchilarida ishlaydi.
Menimcha Lola bozorda yashashi uchun avvaliga bozorni o‘ziga qulay muhitda yaratishi kerak ammo, bu juda katta sarmoya talab qiladi. Ushbu loyihaga 2024-yilda AloqaVentures tomonidan $100 ming sarmoya kitirilgani haqida aytilgan. Lekin, bu raqam boshqa manbalarda tasdiqlanmagan.
Xullas, hozircha shular, qolgan loyihalar haqida kelgusida yozib boraman.