Ozarbayjonning Baku Med kompaniyasi va Sino AI o‘rtasida bemorlarni onlayn ro‘yxatga olish hamda murojaatlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni joriy etish bo‘yicha shartnoma imzolanibdi.
Xabarga ko‘ra, “Sino AI” Ozarbayjondagi tibbiyot muassasalarida bemorlarni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish, murojaatlarni tezkor qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Aytgancha, startap bundan bir yil avval 250 mln so‘m investitsiya jalb qilgan edi. Qiziq jihati, startapga egalik qiluvchi “Sino AI Technologies” MChJʼning 90% ulushi “NavAi” startapiga ham egalik qiluvchi bir odamga tegishli ekan. Bilgichlar bu ikki loyiha bir odamnikimi?
Ishqilib, Oʻzbek migrantlari emas bizneslari xorijni zabt etishi bu zoʻr.