Joriy yilda O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fuqarolar uzluksiz to‘rt kunlik dam olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, dam olish kunlari quyidagicha belgilangan:

29 avgust (shanba) — besh kunlik ish haftasidagi dam olish kuni;
30 avgust (yakshanba) — dam olish kuni;
31 avgust (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentyabr (seshanba) — Mustaqillik kuni.

2 sentyabrdan ish tartibi odatdagidek davom etadi.