Xullas, 2008-yilda yaponiyalik rassom Yasan Takahashi yaxshi koʻrgan insonining qoʻlini soʻrashga qaror qiladi. Ammo, u bu ishni oddiy emas balki, esda qoladigan shaklda qilishni oʻylaydi va onlayn xaritada sayohat marshrutini tuzadi.

Takahashi 6 oy davomida Yaponiya boʻylab 7163,7 km masofani bosib o‘tadi va har bir qadamini onlayn xaritada yigʻib boradi. Sayohat yakunida esa xaritada “marry me” yozuvi paydo boʻladi. Ushbu loyiha rassomga tarixdagi eng yirik GPS chizmasi uchun Guinness rekordini ham olib keladi.

Ishqilib, kreativlik uchun texnologiyalar kuchidan foydalaning.

@hisperspective