Sizga aytsam, global qurolli to‘qnashuv texnologiya olamini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Tarixga nazar solsak, urushlar ko‘pincha texnologik ixtirolarga turtki bo‘lgan. Masalan, internet va GPS dastlab harbiy loyihalar sifatida boshlangan. Xuddi covid virusi tarqalganda onlayn kasblar va darslar tendensiyasi virusga qarshi kurash vositasi sifatida paydo bo‘lganidek.

Hozirgi kunda dunyo davlatlari bir-biri bilan urushsa, birinchi navbatda zamonaviy texnologiyalarning “yuragi” bo‘lgan yarimo‘tkazgich (chiplar) ishlab chiqarish keskin kamayadi. Natijada smartfonlar, kompyuterlar va hatto maishiy texnika ishlab chiqarish to‘xtab qolishi mumkin. Bu degani pulingiz bor ammo, yangi iphonening o‘zi yo‘q.

Qolaversa, davlatlar o‘z raqamli hududlarini dushman taʼsiridan himoya qilish uchun global tarmoqdan uzilib, o‘zlarining ichki “yopiq” internet tizimlarini yaratadilar. Xuddi bir zamonlar bizda bo‘lgan tas-ix erasidek youtube emas moverni ko‘rishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu esa shunchaki qo‘rqinchli tushdek.

Ishqilib, hozirgi tinchlikdagi beg‘ubor hayotimiz rasvo bo‘ladi. Shu sabab, urush bo‘lmasin, bolalar o‘lmasin va albatta O‘zbekistonga ko‘z tegmasin.

@hisperspective