Xullas, hozirgi vaqtda Qozogʻiston va Gruziyadagi startap jamolariga frilans digital marketing xizmat koʻrsatayotganimiz bois tunda asosiy 2-3 soat vaqtim men bilan ishlayotgan oʻzbek jamoa meetinglarida oʻtirish, erinmasdan har bir odamni diqqat bilan eshitishga ketib qolayotgan edi.

Shu muammoga yechim deb oʻzbek tilida meetinglarni oʻrnimga eshitib xulosa beradigan tizim izladim. Izlab-izlab meet.aisha.group ni topib oldim. Tizimni ancha qulay va sodda qilishgan ekan. Loyihalar kesimida transkripsiyalarni olish imkoniyati menga juda ham yoqdi.

Qolaversa, uzundan-uzun audio tashlaydigan odamlarning nima xohlayotganini bilishga ham foydalansa boʻladi menimcha. Ishqilib bolalarga omad, yaxshi narsa qilishibdi.

@hisperspective