Maqolada aytilishicha, asosiy muammo, yo‘llar bo‘ylab o‘rnatilgan taxminan 100 ta kameraning avtomobillarni doimiy kuzatib, davlat raqamlari va hatto salon ichidagi yo‘lovchilar tasvirigacha qayd etadigan tizimi haqida ketmoqda.
Tadqiqotchi Anurag Sen bu tizimning parolsiz holda internetga ochiq qolganini aniqlagan. Ma’lumotlar bazasida kameralar joylashuvining GPS koordinatalari, millionlab suratlar va video lavhalar borligi aytilmoqda.
Anurag hatto misol sifatida bir avtomobilning 6 oy davomida Chirchiq–Toshkent–Eshonguzar yo‘nalishida qatnovini kuzatgan va uning umumiy marshrutini eʼlon qilgan.
Ishqilib DYHXXdagi dasturchi akalar xavfsizlik jihatidan bir test qilib teshiklarni yopib qoʻyishsa boʻladi deyishmoqda, TechCrunchdagi doʻstlarimiz.