Anchadan beri shu mavzu o‘zimni qiziqtirib yurgan edi ushbu post esa biroz re-search qilishga stimul berdi va natijalarni bo‘lishishni joiz deb bildim. *Eslatma, ochiq manbalardan izlaganlarim bo‘yicha birnimalar topdim.

Xullas, 2024 yil yanvar–oktabr ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Coca-Cola’ning O‘zbekistondagi savdo aylanmasi 5,68 trln so‘m, Pepsida esa 3,0 trln so‘mni tashkil etgan. Bu 2024-yildagi bozor narxida Coca-cola 1 litrlik idishda tahminan 517 mln dona, Pepsi esa 272 mln dona mahsulot sotgan degani.

2025-yilda esa natijalar yana-da qo‘rqinchli, o‘tgan yilning 11 oyida Coca-cola 6,15 trln so‘m, Pepsi esa 3,24 trln so‘m aylanmaga ega bo‘lgan. Coca-cola 3-chorakda 36,5% o‘sish qayd etgan. 2025-yilda Coca-cola Pepsiga nisbatan reklama bilan ishlashda ham ancha oldinda bo‘lgan ekan, aniqroq aytsak eng faol TV brendlar reytingida Coca-cola 9.1% natijani Pepsi esa 7.4% qamrovni qayd etgan.

Eng qiziq joyi shundaki, turli reytinglarda Coca-Cola raqibidan ancha ilgarilab ketgan bo‘lsa-da, 2025-yil avgustda Pepsi o‘tkazgan “ta’mlar jangi” natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda 59,28% iste’molchi Pepsi ta’mini afzal deb topgan.

Xulosa qilsak, Coca-cola o‘zbek gazli ichimliklar bozori ledakoli va Pepsi u bilan bu bozorda raqobat qilishi uchun hali ancha qovun pishig‘i bordek.

@hisperspective