Yaqin doʻstlarimiz tarmoqlardagi mikro yoki makro blog egalari uchun ajib ishga qoʻl urishibdi. Gap adscape.uz loyihasi haqida ketmoqda.
Asoschilarning aytishiga qaraganda loyiha biznes va kontent muallifini osongina bogʻlash uchun xizmat qiladigan, toʻliq avtomatlashgan platforma ekan. Hozirda kontent kreatorlar bazasini shakllantirish boshlanibdi.
Agar sizda obunachilari soni 250 tadan koʻp boʻlgan telegram, instagram, youtube va tiktok sahifalar boʻlsa, adscape.uz saytiga tashrif buyuring, kirish tugmasini bosing hamda oʻz shaxsiy sahifangizni yarating.
Loyiha asoschilari yaqin kunlarda reklama e’lonlari yoqilishini va har bir blog muallifi oʻrta hisobda haftasiga minimal $50’dan boshlab daromad qilishini kafolatlashmoqda.
Men roʻyxatdan oʻtib qoʻydim. Koʻramiz, qanchalik ishlar ekan.