Kecha, 1-iyul kuni rossiyalik rooftopping bilan shug‘ullanuvchi juftlik Angela Nikolau va Ivan Kuznetsov Empire State Building’ning eng yuqori qismiga ruxsatsiz chiqib, dunyoda tinchlik boʻlishiga chaqirilgan bayroqni o‘rnatishibdi.
Qizig‘i, aynan o‘sha balandlikda Ivan Angelaga turmush qurish taklifini ham bildiribdi. Bu esa ular bayrog‘ida yozilgan “When the power of love beats the love of power, the world knows peace” (Muhabbatning kuchi hokimiyatga bo‘lgan muhabbatdan ustun kelganda, dunyo tinchlikni anglaydi) degan g‘oyaning mantiqiy davomi bo‘libdi.
Qiz va yigitni Nyu-York politsiyasi ushlab olib ketgan. Ammo, ular maqsadiga erishdi. Hozirda butun Amerika va dunyoda bu qilingan tinchlik chaqirigʻi muhokama qilinmoqda, shov-shuv boʻlmoqda.
Ishqilib, odamlar kreativ.