2026-yil boshida tashkil etilgan Ineffable Intelligence kompaniyasi aprel oyi oxirida $5.1 mlrd baholanishda $1.1 mlrd investitsiya jalb qildi. Investorlar orasida venchur fondlardan tashqari NVIDIA, Google, Buyuk Britaniyaning Suveren AI jamg‘armasi va Britaniya Biznes Banki ham bor.
Qiziq tomoni shundaki, kompaniya ilgari surayotgan g‘oya hali amalda isbotlanmagan va uni hayotga tatbiq etish ham juda murakkab. Bugun biz ishlatayotgan ChatGPT va Claude kabi modellar internet hamda boshqa manbalardagi ma’lumotlar asosida o‘qitiladi. Kompaniyaning g‘oyasi esa sun’iy intellektni o‘z tajribasi orqali o‘rganishga oʻrgatishdir.
Soddaroq aytganda, ular sunʼiy intellektni faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtiradigan emas, balki mustaqil ravishda tajriba orttirib o‘rganadigan tizimga aylantirmoqchi. Bu yondashuv reinforcement learning bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, amalda juda murakkab hisoblanadi.
Ishqilib, dunyoda qiziq ishlar boʻlyapti. Bu ishlar fonida oʻzimni xuddi rasmdagi amakidek his qilyapman.