Tunov kuni Q.zlar guruhining “Baland” klipida Ipak Yo‘li Banki qanday qilib product placement qilgani haqida o‘ylab qoldim. Hozir shu haqida biroz kuzatuvlarimni yozib qo‘yay.
Bilmaganlar uchun Ipak Yo‘li Bankining Women Card nomli bank kartasi bor. Ushbu karta faqat ayollarga beriladi va ayol/qizlar uchun maxsus imkoniyatlarni taqdim etadi.
“Baland” treki mustaqil, o‘z yo‘lini o‘zi belgilaydigan qiz/ayollar haqida. Bank marketologlari yoki klip rejissyori bu yerda shunchalik zo‘r ishlaganki, klipdagi product placement kreativi juda o‘rinli tushgan.
Yaʼni karta ustidagi rasmda aks etgan qizga o‘xshash guruh aʼzosi aynan shu kartani kadrda tabiiy tarzda “отсылка” qilib ketadi. Bir qarashda buni ko‘rgan tomoshabin uncha tushunmaydi ammo, ong ostida ajib bir signal yoqiladi.
Bu signal esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilingan reklamadan ancha kuchli.