Dasturlash va mahsulot ishlab chiqishga azbaroyi juda qiziqqanimdan o‘zim vayb kod qilib kattaroq bir platforma qurayotgan edim. Cursor’da sifatli kod ololmaganim uchun bugundan Claude’ga murojaat qildim. Bugunning o‘zidayoq haftalik limitning 25% qismini yeb qo‘ydim.

Bundan oldin Cursor ichida Claude’ni ishlatgan edim, bu orqali tokenlarni tejardim. Lekin Claude Code’ga o‘tganimdan keyin biroz erkalik qilib, kunlik limitni tezda tugatib qo‘ydim.

So‘nggi uch oy davomida vayb kodlash atrofida yurib, barcha modellarni sinab ko‘rgan odam sifatida aytamanki, hozircha Claude Code eng yaxshisi. Faqat tokenlarni tejab ishlatsangiz bas.

Qisqasi, vayb kodlashni o‘rganing bu kelajak. Men esa tokenlarim tiklangungacha toza havoni aylanib kelaman.

@hisperspective