AQSHning 29 shtati Meta’ni Instagram va Facebook kabi platformalarni bolalarni o‘ziga qaram qilib qo‘yadigan tarzda ishlab chiqqanlikda hamda voyaga yetmaganlar xavfsizligiga yetarlicha e’tibor bermaganlikda ayblagan.
Uzoq davom etgan jarayondan so‘ng, Meta ushbu da’volarni yakunlash uchun $18 mlrdlik kelishuvga rozi bo‘libdi. Qizig‘i, kompaniya o‘z aybini rasman tan olmagan. Ammo shunga qaramay, milliardlab dollar to‘lash va platformalarda bolalar uchun jiddiyroq cheklovlarni joriy etishga rozi bo‘lishining o‘zi masala qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatadi.
Bu keysning men uchun eng qiziq jihati shundaki, “chirigan G‘arb”ning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarning yosh avlodga salbiy ta’sirini tobora jiddiyroq muammo sifatida ko‘rib, unga qarshi choralarni kuchaytiryapti.
Ishqilib, olamda shunaqa gaplar, oʻzuvzada esa “bolam, vayner bo‘l, soqqani qil” rejimi (: