Iyun-iyul oylari Hindiston hukumati uchun ancha tashvishli kechmoqda. Ayniqsa, Dehlida minglab yoshlar o‘zlarini “Suvarak” (Cockroach Janta Party) deb atayotgan partiya nomidan mitinglarga chiqmoqda. Bunga tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlaridagi nohaqliklar sabab bo‘lgan.

Hindistonda NEET imtihonini har yili qariyb 2 million abituriyent topshiradi, ammo ular atigi 130 mingta o‘rin uchun raqobatlashadi. Bu yil savollar sizib chiqqani ortidan imtihon natijalari bekor qilindi. Shundan so‘ng noroziliklar avj oldi. Z avlod vakillari ta’lim vazirining iste’fosini talab qilmoqda.

Shuningdek, dunyodagi eng katta yoshlar populyatsiyasiga ega bo‘la turib, ular uchun yetarli ta’lim imkoniyatlarini yarata olmayotgani sabab Modi hukumati keskin tanqid ostiga olinmoqda.

Bu holat Hindiston ta’lim bozorida ulkan talab mavjudligini yana bir bor ko‘rsatadi. Demak, Hindistonga yo‘naltirilgan ta’lim mahsulotlari va servislarini yaratish, hatto ta’lim turizmi yo‘nalishidagi startaplarni rivojlantirish uchun ham kerakli ishchi kuchini yollash uchun ham katta imkoniyatlar bor.

Ishqilib, “kimningdir azasi kimgadir to‘y” deganlaridek, bu siyosiy voqelikka biznes nuqtayi nazaridan qarash hamda xulosa qilish kerak.

@hisperspective