Shartnomalar uchun hisob yuborish kerak bo‘lgani sabab e-imzoni o‘rnatdim va kel o‘zbek tilida ishlataman deb o‘zbekchani tanlab ishni boshladim.
Elektron imzoni ulab endi Didox'ga kiraman desam dastur o‘ronni o‘zgartir yoki yarat deb qoldi. Endi bu o‘roni nima ekan deb avval e-imzo saytida keyin googleda rosa izlanibman, vaholanki o‘ron parol emish.
Joriy yil yozida 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirilgan va e-imzo dasturida bu o‘zgarishlar kiritilgan ekan.
O‘zbek tilidagi nimadir so‘zni tushunish uchun hayotimda birinchi marta Google it qildim. Evrika!