Ko‘p asoschilar yoki asoschi bo‘lishni o‘ylab yurganlar bilan suhbatda bo‘laman. Ularda asosan bir muammoni kuzataman. O‘zida mavjud g‘oyani kimdir boshlagani va bozorda undan avvalroq mavjud odam bilan bellasha olmasligidan xavotirlanishadi. Balki orangizda ham shunaqa odamlar bo‘lsa, bu post siz uchun.
Xullas, 1977-yil 20-avgustda NASA avval Voyager 2 kosmik kemasini, so‘ng 1977-yil 5-sentyabrda Voyager 1 kemasini yerdan fazoga uchirdi. Qiziq tomoni shundaki, oldinroq uchirilgan bo‘lsa-da, Voyager 2 ga sekinroq trayektoriya berildi va Voyager 1 Yupiter hamda Saturnga birinchi yetib bordi. Shu bilan o‘zidan ilgariroq uchirilgan akasidan 1 nomini olib qo‘ydi. Ya’ni birinchi uchish bu yerda hech narsani hal qilmagan. Balki maqsadga yetish hal qilgan.
Bu bilan aytmoqchimanki kimdir qaysidir jabhada sizdan oldinroq boshlagani yokida sizdan oldinroqda ko‘ringani bu siz ikkinchi bo‘lasiz degani emas. Balki, siz o‘zingizniki bo‘lgan trayektoriya va yo‘l bilan harakatlansangiz manzilga avvalroq yetib bora olasiz hamda natijangiz esa sizdan ilgari uchganlarnikidan-da ziyoda bo‘lishi mumkin.
Shunaqa ekan qo‘rqmang, uching.