Yil boshidan buyon vayb kodlashga chuqur kirishdim. Juda ham ko‘p loyihalarni vaybladim. Bir kunda o‘rtacha 4–9 soat vaqtimni Cursor va Claude Code’da o‘tkazdim. Natijada esa deyarli 6 oylik tinimsiz o‘rganish va tajriba qilish ortidan vayb kodlashdan nihoyat charchadim. Hozir Claude Code’dan asosan serverlarim va ulardagi loyihalar barqaror ishlashi uchun foydalanib turibman, xolos.
Shukr, bu vaqt ichida Claude Code yordamida 4 ta buyurtmani ham qilib berdim. O‘rtacha chek $1500 atrofida bo‘ldi. Qiziq jihati, bitta buyurtmaga ketgan vaqt maksimum bir kunni tashkil etdi. Hozir ham kimdir dasturiy ta’minot bo‘yicha buyurtma bersa, erinmasdan vayb kodlab berishim mumkin (:
Ammo, shunchaki qiziqib yoki kayfiyat uchun nimadir tuzib ko‘rish avvalgidek zavq bermay qo‘ydi. Balki bu tabiiy jarayondir. Dastlabki qiziqish va o‘rganish bosqichi o‘tadi, vosita esa kundalik ish quroliga aylanadi. Men uchun ham Claude Code aynan shunday bo‘lib qoldi, shekilli. Yana bilmadim.
Ishqilib, sizlarda ahvol qanaqa? Rasmda bu issiqda erib ketayotgan men.