So‘nggi vaqtlarda Vatanimizda ajib tendensiya rivojlanib boryapti. Ya’ni trendda nima bo‘lsa hammamiz shuni qilamiz.

Deylik, SMM’dan dars berish, SMM xizmatlarini ko‘rsatish trendga chiqdi hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa. Ingliz tilidan onlayn darslar o‘tish trendga chiqdi yana shu gap hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa. Treyderlar erasi boshlandi yana doimgidek hamma shu ishni qildi bilsa-bilmasa.

Navbat startaplarga keldi mana. Hozir hamma shu ishni qilyapti, bilsa-bilmasa. O‘zbek startap dunyosida MVP’gacha o‘ylanadi shu sabab ham. Hamma "CEO" lar hayolida MVP’ni qilish, venchurlardan soqqani olish va surish.

Nega bunaqa deyapman? Chunki ko‘plab startaplarda ortiqcha pafos bor. Hali bozorga tuzuk-quruq moslanmagan MVP bo‘lsa-da, “uch yil ichida MDH bozorini egallaymiz”, degan gaplarni eshitib hayron qolasan.

Albatta, bunday narsalar sohaga jiddiy yondashayotgan mutaxassislarning ensasini qotiradi. “Qo‘ying, o‘ynayversinlar” deyish mumkin, biroq bu jarayon umumiy ekotizimning obro‘siga va sifatiga sezilarli ta’sir qilayotganini ko‘rib, dil og‘riydi.

@hisperspective