So‘nggi paytlarda internetda “prompt engineering” yoki ChatGPT’dan foydalanishni o‘rgatamiz degan kurslar ko‘payib ketdi. Afsuski, ularning ayrimlari aslida bepul topish mumkin bo‘lgan oddiy bilimlarni juda qimmat narxda sotmoqda. Eng achinarlisi odamlar bunga ishonib, pul sarflayapti.

Demak, “prompt engineering” yaʼni ChatGPT, Claude, Gemini kabi modellardan toʻgʻri natija olish uchun omp.aistudy.uz saytida 4 ta sodda, aniq, tushunarli kurs bor. Shunda oʻqishni maslahat beraman bu kurslar bepul.

Ushbu kurslarda oʻqigandan keyin yuqoriroq levelga chiqish uchun esa aileaders.uz saytida berilgan Huawei tomonidan tayyorlangan kurslar bor, shularda oʻqish mumkin. Agar generativ ai yoʻnalishi qiziq boʻlsa, yaʼni siz sunʼiy intellekt bilan video, rasm tayyorlashni oʻrganmoqchi boʻlsangiz Googleʼning shu yoʻnalishdagi kursi ham ushbu saytda bor va bepul berilgan.

Agar bu kurslar ham kamlik qilsa osnovaedu.uz da chuqurlashtirilgan sunʼiy intellekt darslari jamlangan kurslar bor, shunda oʻqib bilim olish mumkin.

Infoloʻttivozlarga aldanmang, postni esa sunʼiy intellektni oʻrganishim kerak degan odamlarga yuboring.

@hisperspective