Senatda kecha “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun maʼqullandi. Bu esa, ayrimlar o‘ylagandek, bugunoq Apple Pay va Google Pay tizimlari ishga tushadi degani emas.

Shunchaki, yangi qonun bu to‘lov tizimlariga yo‘l ochib berdi, xolos. Ammo endi bu kompaniyalar bu yo‘ldan yurib kira oladimi? Bu boshqa masala. Chunki ichki bank tizimlarining aksariyati (masalan, Uzcard) adashmasam 2005–2008-yillarda ishlab chiqilgan, eski texnologiyalar asosida ishlaydi. Shu sabab, integratsiya masalasi katta muammo boʻlishi mumkin.

Shaxsan men cheklov boʻlsa-da Apple Pay va boshqa to‘lov tizimlarini O‘zbekiston sharoitida bir necha marotaba sinab ko‘rganman. Bilmaganlar uchun aytishim mumkinki, Humo terminallari bu tizimlarni 100% qo‘llab-quvvatlaydi.

Chunki Humo 2019-yilda yaratilgan, nisbatan zamonaviy, xorijdan xarid qilingan markazlashgan platforma. Shu bois u texnologik jihatdan kengroq imkoniyatlarga ega. Qolgan tizimlarda esa texnologik imkoniyatlar Humodek zamonaviy emas.

Mayli, kuzatamiz. Yaxshi yechimlar boʻladi degan umiddaman.

@hisperspective