Marketingda bozorni chuqur tahlil qilish har qanday qarorning asosi bo‘lishi kerak. Masalan, dunyo miqyosida erkak va ayollar tomonidan investitsiya mahsuloti sifatida xarid qilinadigan Richemont Group’ga tegishli Cartier brendi distribyutorligini olish uchun yillik badal majburiyati kamida $1,5 mlnni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, dastlabki $1 mln qiymatidagi mahsulot zaxirasi xarid qilinishi kerak.

Brend standartlariga mos butik interyeri va dizayni uchun o‘rtacha $450,000 – $600,000 atrofida mablag‘ sarflanadi. Kassa tizimi, xodimlar, xizmat ko‘rsatish protokollari, ijara va boshqa tashkiliy xarajatlarni hisobga olgan holda, butun loyiha uchun boshlang‘ich investitsiya hajmi $4 mln atrofida bo‘lishi mumkin.

Endi marketing ishlaydigan qismga oʻtamiz. Cartier mahsulotlarini xarid qila oladigan o‘zbekistonliklar ulushi 0.15% ga ham yetmasligi haqida ma’lumot bor. Bu taxminan atigi 55 ming nafar potentsial mijoz degani. Asosiy muammo aynan shu yerda boshlanadi, brend ulkan sarmoyani talab qiladi, biroq bozor juda tor. Narx yuqori, iste’molchi kam, mijozlar segmenti esa g‘oyat murakkab.

Bunday vaziyatda biznes yashab qolishi kuchli marketing tahlili asosida imkon qadar aniq ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘lib qoladi. Marketing tahlillari esa koʻp vaqt, mablagʻ, asab talab qiladi.

@hisperspective