O‘zbekiston keyingi 10 yilda jiddiy suv inqiroziga duch kelishi mumkin. Ilmiy prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi yuzaga keladi. Hatto O‘zbekiston dunyodagi eng suv tanqis 33 davlat qatoriga kirishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Bugun foydalanayotgan suvimizning atigi 20 foizi mamlakat hududida shakllanadi, qolgan 80 foizi esa qo‘shni davlatlardan keladi. Iqlim o‘zgarishi tufayli 2050-yilga borib Tyan-Shan va Pomir muzliklarining 30–50 foizi erishi, natijada suv oqimi sezilarli kamayishi kutilmoqda.
Shu yerda muhim savol tug‘iladi, agar suvga bog‘liq xo‘jaliklar kelgusida inqirozga yuz tutish ostonasida bo‘lsa, iqtisodiyot va aholini nima qutqaradi? Bu savolga javob sifatida esa yangi texnologik kompaniyalar va ular eksport qiladigan bilim, mahsulot deb aytish mumkin.
Xullas, O‘zbekiston nima uchun startap ekotizimiga bu qadar eʼtibor berayotganini endi menimcha yana-da yaxshi tushundingiz. Tushunmagan bo‘lsangiz mana bu filmni ko‘rgan holda postni qayta o‘qing.