Bu haqda Yoshlar Ventures rasmiy sahifasida xabar berilmoqda. Xabarga koʻra, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida “Startup Arena” tadbiri oʻtkazilgan.
Ushbu tadbir doirasida Yoshlar va Aloqa venchur fondlari masʼullari yosh asoschilarning taqdimotlarini eshitishgan.
Natijada “Businessrobots AI” startapiga $150 ming, “Dsatuz” startapiga esa $15 ming sarmoya Yoshlar Ventures tomonidan berilgan.