“The Terminal” filmini ko‘rmagan odam oramizda kam bo‘lsa kerak. Bugun shu filmni qayta ko‘rdim va Vatan, mustaqillik, erk haqidagi fikrlarim yana-da teranlashdi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Filmning bosh qahramoni Viktor Navorskiy AQSHga uchib kelayotgan paytda uning vatanida davlat to‘ntarishi yuz beradi. Oqibatda uning hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi va Viktor JFK aeroportidan na AQSHga kira oladi, na vataniga qayta oladi. Shu tariqa uning aeroportdagi uzoq hayoti boshlanadi. U yerda Viktor yashashga moslashadi, mehnat qiladi, do‘stlar orttiradi va turli qiyinchiliklarga qaramay insoniyligini saqlab qoladi.
Filmda menga eng ta’sir qilgan jihatlardan biri Viktorning o‘z Vataniga bo‘lgan munosabati hisoblanadi. Unga vataniga qaytsa, hayoti xavf ostida qolishini tan olish evaziga (siyosiy boshpana soʻrash evaziga) aeroportdan chiqib ketish imkoniyati taklif qilinadi. Ammo Viktor erkinlikka chiqish uchun o‘z Vatanidan voz kechmaydi. Sabr qiladi va oxir-oqibat o‘z maqsadiga erishadi.
Viktorning bu tanlovi Vatan shunchaki biz tug‘ilgan yoki yashaydigan hudud emasligini balki Vatanda har birimizning o‘z o‘rnimiz, hissamiz, xotiralarimiz va, albatta, yaqinlarimiz borligini. Ularan voz kechib boʻlmasligini isbotlaydi. Mustaqillik tushunchasi ham shu aslida.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak doʻstlar!