2002-yilda eBay PayPal’ni $1.5 milliardga sotib oladi. Sotuvdan so‘ng PayPal’ning 50 nafar asosiy xodimidan 38 nafari kompaniyani tark etadi va shu bilan Kremniy vodiysida yangi davr boshlanadi.

Qisqasi, PayPal’ning sobiq CEO’si Peter Thiel keyinchalik Palantir va Founders Fund’ga asos soladi. Bosh muhandis Steve Chen hamda UI dizayner Chad Hurley esa YouTube’ni ishlab chiqishadi. Elon Musk aytmasam ham bilsangiz kerak nimalar qilgani, qilayotgani va kelajakda qilmoqchiligini.

Xullas, 2007-yilda Fortune jurnali sobiq PayPal xodimlari haqida maqola chop etib, ularni “PayPal Mafia” deb ataydi. Chunki oʻsha davrda ular PayPal sotilgan boʻlsada doim birga, bir yoqadan bosh chiqargan holda texnologik yechimlar qilishar, bozorda biror inqilobiy yangilik paydo boʻlsa, aynan shu mafiaga tegishli boʻlar edi.

“PayPal Mafia” keysi investorlarga kompaniya yoki startapni xarid qilganda uning asosiy xodimlarini ham olib qolish, ular bilan rivojlanish kerakligini isbotladi. Shulardan boshlab oʻzi investorlar “biz talantga pul beramiz biznesga” emas degan idealogiyani ushlab olishgan desak ham boʻlsa kerak.

Ishqilib, kuch birlikda.

@hisperspective