Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, davlat maktablar, kasalxonalar va boshqa ijtimoiy obyektlarni qaysi mablag‘ evaziga quradi? Davlat pulni printerdan kerak bo‘lganda bosib chiqaraveradimi?

Bu savollarga javob oddiy. Davlatlarni ham kichik bir startap yoki biznes sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu “startap”ning asosiy investorlari esa uning fuqarolari.

Mantiq oddiy. Siz 1000 so‘m daromad topasiz. Shu 1000 so‘mni tinch-osuda jamiyatda topganingiz hamda keksalikda sizga kerakli pensiya, tibbiy ko‘mak va boshqalarni olish uchun 12% qismi yaʼni 120 so‘mini davlat byudjetiga investitsiya qilasiz.

Xuddi keshbeklar singari vaziyat, siz daromadingizning maʼlum qismini davlatga berasiz va evaziga davlatdan maʼlum jabhalarda aniq kafolat olasiz.

Yaʼni siz yashayotgan davlatingiz investorisiz. Siz yashayotganingiz, daromad topayotganingiz ortidan davlat ham jamiyat ham rivojlanadi. Shunday ekan siz aslo rivojlanishdan to‘xtamang.

@hisperspective