Bu savol zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi eng qiziqarli va bahsli mavzulardan biri hisoblanadi. Savolga javob berishda har ikki tomonning ekotizimdagi rolini hisobga olish esa jud muhim.
Odatga koʻra davlat bozor hali to‘liq shakllanmagan yoki xususiy investorlar tavakkal qilishdan cho‘chiydigan sohalarda ledakol boʻladi. Bunday vaqtlarda davlat nafaqat infratuzilmani yaratadi, balki bevosita sarmoya kiritish orqali ham dastlabki loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi va bozor shakllanishiga turtki beradi.
Bozor ma’lum darajada shakllangach esa, asosiy sarmoya oqimi asta-sekin xususiy fondlarga o‘tadi. Ular real daromad keltiradigan va yashab qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan loyihalarga sarmoya kiritishni boshlaydi. Natijada davlat fondlari xususiy sektorga ulushlarini sotgan holda exit qilishadi.
Qisqasi, davlat katta ota oʻlaroq bozor oyoqga turgunga qadar budjet puli hisobiga uni moliyalashtiradi va soʻngida xususiy sektorga topshirib chiqib ketadi. Demak oʻlkamizda ketayotgan hozirgi tendensiya qisman toʻgʻri.