Marketing kreativ va did bilan chuqur bog‘liq. Texnik bilim esa bu ko‘nikmalarni to‘ldiruvchi instrument hisoblanadi. Agar, kreativ va diddan biri bo‘lmasa marketingda nimadirlar qilish qiyin. Bu ikki skill esa hammada ham tug‘ma bo‘lmaydi. Tug‘ma bo‘lsa-da uni rivojlantirish shart bo‘ladi.

Xo‘sh, kreativ va didni qanday shakllantirish yoki kuchaytirish mumkin?

To‘yga kelgan qo‘shiqchi o‘z dardini aytib kuylaydi deyishgani misoli men ham quyida o‘zim qo‘llagan va amalda ishlagan usullar bilan o‘rtoqlashaman.

Kreativni man asosan reklamalar ko‘rib shakllantirib boraman. Yaxshi & yomon, a balki umuman rasvo reklama farqi yo‘q erinmasdan ko‘raman, tahlil qilaman, o‘zimga kerakli qaydlarni shakllantiraman. Jamoat transportida maqsadsiz ko‘p yurishimning asosiy sabablaridan biri ham aslida shu, ko‘proq reklama iste’mol qilish va umumiy savdo layoqatiga ega qatlam aholining hozirgi kreativlarga e’tiborini o‘lchash, kuzatish hisoblanadi. Qisqasi man ko‘chada yurganimda ham o‘rganaman. Sizga ham tavsiya etaman.

Did masalasi esa dizaynning asosi kontrast, yaqinlik teoriyasi, tekislik kabi qoidalar haqida bilimni mustahkamlashdan boshlanadi. Davomi esa pinterest, behance, dribbble kabi media platformalarda soatlab rasmlarni ko‘rish, taqqoslash ortidan keladi.

Muxtasar qilib aytganda marketingda qaysidir plankaga chiqish, chiqa olish uchun doim oʻqish, oʻrganish shart.

@hisperspective