Bu haqda davrimizning buyuk startap ekotizimi faylasuflaridan boʻlmish Ilya Strebulaev qiziqarli tarzda xabar qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, Google Ventures’dan keyingi o‘rinda turgan investorlar portfelida atigi 46 ta unikorn bor. Ya’ni Googlening natijasi raqiblaridan qariyb ikki baravar yuqori.
Ilya unikorn startaplarga ular milliard dollarlik bahoga erishishidan oldin sarmoya kiritgan yirik venchur fondlar reytingini tuzibdi. Unda Google Ventures mutlaq yetakchi. Ikkinchi o‘rinni Intel Capital va Salesforce Ventures 46 tadan unikorn bilan bo‘lishib turibdi. Keyingi o‘rinlarda esa Samsung 40 ta va SVB 35 ta unikorn startap bilan band etgan. Reytingning to‘liq versiyasi bu yerda.
Eng qiziq tomoni shundaki, Uber, Slack, Stripe va yana o‘nlab mashhur kompaniyalar ilk bosqichlarda Google Ventures’dan investitsiya olgan hamda keyinchalik unikorn maqomiga erishgan. Statistikadan xulosa qilsak, startap super muvaffaqiyatli boʻlishini Google investitsiya qilishidan taxmin qilsa boʻladi.
Ishqilib, Sundar Pichaining telefon raqamini biladiganlar bormi? Startaplarimga investor boʻlarmikan (: