Mandat e’lon qilinganidan keyin ayrim abituriyentlarning tushkun kayfiyatda ekanini ko‘ryapman. Ularni tushunaman. Kimdir yuqori ball olsa-da grantga kira olmadi, yana kimdir kontraktga boʻlsa ham o‘zi orzu qilgan OTM talabasi bo‘la olmadi. Rosti qattiq tushunaman shuncha tayyorgarlikdan keyin magʻlubiyatni qabul qilish oson emas.

Shunaqa kayfiyatdagi uka-singillarga bunday lahzalarni kamida 3 marotaba his etgan odam sifatida aytajak bir gapim bor.

Xullas, bu hayotda o‘zingiz istagan ko‘p narsaga erishishingiz mumkin, erishasiz ham, faqat ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida erisha olmaysiz. Ba’zi maqsadlarga yetish uchun vaqt, ayrimlariga esa yana bir necha qadam kerak bo‘ladi. Muhimi, shu vaqt ichida qalbingizdagi umid va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmang.

Eng asosiysi, har qanday holatda ham o‘qing, o‘rganing va har kuni kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishga intiling. Bir mandat yoki bitta magʻlubiyat sizning kelajagingizni belgilab bermaydi. Oldingizda hali juda ko‘p imkoniyatlar, tanlovlar va yo‘llar bor.

Ishqilib, bugun o‘xshamagan bo‘lsa, bu hech qachon o‘xshamaydi degani emas. Mahzun boʻlmang keep going.

@hisperspective