Rosti shu narsa haqida koʻp oʻylardim. Menimcha javobini topdim. Qisqasi erkaklar olamida 18–20 yoshlaringda raqobat oddiy boʻladi. Atrofingdagi bolalar sinfdosh, kursdosh, tanishlar. Ulardan ozgina oʻtib ketsang, oʻzingni kuchli his qilasan. Goʻyo hayot senga yetib olish mumkin boʻlgan masofa ichida turgandek tuyuladi.
Lekin vaqt oʻtib, katta hayotga kirganingda hammasi oʻzgaradi. Endi sening raqobatching bu yoʻlni sendan ancha oldin bosib oʻtgan, kuchi, tajribasi va imkoniyati sendan ustun boʻlgan мужикʼlar boʻladi. Ana shu yerda senda muammo paydo boʻladi. Oʻzingdan ancha kuchli va chidamli мужикʼlar olamida tirik qolishga kurashishni boshlaysan.
Bu olamda rahm-shafqat kam. Chunki kimdir senga yon bersa, u oʻz oilasidan nimanidir tortib oladi. Shu sabab ham bu yerda yumshoqlikka oʻrin yoʻq faqat chidash, faqat oldinga yurish. Eng qoʻrqinchlisi esa tanlovning yoʻqligi. Senda ham, boshqalarda ham bitta A variant bor.
Tanlov imkoniyatining mavjud emasligi esa yagona mavjud yoʻldan oʻzingga imkon izlashingga chorlaydi. Natijada esa jim boʻlasan, koʻproq shu haqida oʻylaysan.