Bu haqda Kaspi matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, Turkiya Banklarni tartibga solish va nazorat qilish agentligi tomonidan Rabobank A.Ş. bankini sotib olish bo‘yicha rasmiy tasdiq berilgan. Oldi-sotdi jarayoni barcha odatiy yakuniy shartlar bajarilgach, 2026-yil iyul oyida yakunlanishi kutilmoqda.
Qizig‘i, Rabobank A.Ş. 2014-yilda tashkil etilgan va Turkiyada faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega bank hisoblanadi. Biroq, hozirda uning na kredit oluvchilari, na omonatchilari mavjud. Shuningdek, bankning filiallari ham yo‘q. Aslida, Kaspi uchun eng qimmat aktiv ham aynan shu bank litsenziyasi hisoblanadi.
Ishqilib, birodarlarimizga omad. Kaspining aktivlari deyarli barcha turkiy davlatlar boʻylab mavjudligi haqida esa keyinroq gaplashamiz.