Koʻp doʻstlarimiz oʻz gʻoyalarini yuborishadi, koʻrib beraman, kerak deb bilsam ayrimlariga oʻz tavsiyalarimni aytaman. Ammo, kelayotgan murojaatlarning 99.9% qismi bozorda mavjud boʻlmagan muammoga yechim.
Yaʼni asoschilar oʻzlari muammo yaratib, oʻzlarining qimmatli vaqtlarini xuddi shu yoʻq muammoni yechishga sarflashmoqda. Barchaga alohidadan bu narsani tushuntirishdan koʻra bir post qilib qoʻyay degandim.
Xullas, doʻstlar va dugonalar. Startap jamiyatda bor muammo ustiga qurilsa u real muvaffaqiyatga erishadi. Shunchaki, siz yoki sizning atrofingizdagi 3-4 doʻstingizda mavjuddek koʻringan muammo butun boshli 40 mlnga yaqin oʻzbek xalqi muammosi degani emas. Bilingki har qanday startap bu avvalo kichik biznes.
Biznesning yashashi bu venchurlar yoki investorlardan keladigan pullarda emas balki, haqiqiy isteʼmolchi talablariga mos kelish hamda unga foydali boʻlish orqali belgilanadi. Venchur yoki investorlar shunchaki maʼlum vaqt sizga soqqa beradi va foydasini olib chiqib ketadi. Siz bilan esa doim isteʼmolchi qoladi, shuni unutmang.
Post “Sevara Nazarxonning — Ulugʻimsan vatanim” qoʻshigʻini tinglagan holda oʻqilsa yanada tushunarli boʻladi.