Maqola muallifi Sungat Arinov boʻlib, Qozogʻistondagi startap ekotizimi va ushbu tizimning rivojlanishi haqida oʻzining real, xolis, faktlar bilan asoslangan fikri bilan boʻlishgan. Maqolani manabu yerda toʻliq oʻqishingiz mumkin. Oʻzimga qiziq qismini esa quyida ulashaman.

Muallifga koʻra, Qozogʻistondagi startaplarda koʻp “innovatsion” kompaniyalar Government-grant fitʼni izlaydi. Yaʼni davlat ajratgan grantlar yoʻnalishida startap quriladi, grant yutiladi va davlat puli olinadi. Keyin esa, startap oʻladi, yangi nom ostida boshqa grant uchun qayta tiklanadi.

Sungat qoʻshimcha qilishicha, Astana Hubʼda 2000 dan ortiq rezident bor, lekin shulardan faqat 500 tasi eksportyor kompaniya boʻlib, ularning atigi 10 tasi yiliga $10 mlndan ortiq daromad keltiradi. Qolgan 1000 dan oshiq rezident kompaniyadan davlatga deyarli foyda mavjud emas.

Qiziq va o‘rganishli tahlil.

@hisperspective