Insayderlarga ko‘ra, Uzum’ning IPO qilishiga oz qolgan. Kompaniya IPO oldidan bozordagi mavqeyi va yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha $250–300 mln mablag‘ jalb qilishni rejalashtirayotgan emish.

Yana aytishlariga qaraganda, Uzum’ning IPO’si (aksiyalarini birjada sotishni boshlashi) 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshlariga rejalashtirilmoqda.

Uzum’ning 2025-yilgi moliyaviy natijalari juda zoʻr. Platforma orqali $11 mlrdlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Kompaniya daromadi esa taxminan $691 mlnni tashkil etgan.

Ishqilib, hayot sen vino boʻlasan deganda yoʻq men biznes boʻlaman deyishni epladi Uzum. Kuzatamiz.

@hisperspective