24-aprel kuni Google va Anthropic $40 milliardlik investitsiya kelishuvini rasman tasdiqladi. Hozir Google $10 milliard beradi, qolgan $30 milliard esa Anthropic natija ko‘rsatkichlariga erishsa ajratiladi. Bu raundda Anthropic $350 milliardga baholandi.
Qizig‘i, Google 2023-yilda Anthropic’ning 10% ulushi uchun $300 million bergan edi. Endi esa atigi 4% uchun $40 milliard to‘layapti.
Oddiy oʻzbekda savol tug‘iladi, Googleda Gemini bor boʻlsa nega Claude’ga ham pul tikyapti? Javob oddiy sunʼiy intellekt poygasida kim yutishini hech kim aniq bilmaydi. Google esa riskni kamaytirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta kuchli o‘yinchilarga sarmoya qilyapti.
Ishqilib bizda katta kortejlar bilan oʻtadigan ming kishilik toʻy mavsumlari boshlanayotgan vaqtda dunyoda qiziq ishlar boʻlyapti.