Rostini aytsam, bu mavzuda anchadan beri yozmay qo‘ygandim. Sababi deyarli har hafta yangi model chiqadi, avvalgisidan ozgina yaxshiroq bo‘ladi va ularning har biri haqida alohida post yozishning o‘zi qiyin. Lekin so‘nggi paytlarda Claude qilayotgan marketing yurishlari e’tiborimni tortyapti.
Soʻnggi vaqtlarda ChatGPT bilan raqobatda batamom gʻoliblikka erishgan Claude hatto raqobatchisining interfeysigacha oʻzgartirib yubordi. ChatGPT eʼtibor bermagan jabhalarda undan yetakchilikni soʻramasdan tortib oldi va yakunda bozorda ledakolga aylandi. Ammo, bir kamchiligi bor edi. Limitlar yetmas edi. Shaxsan oʻzim shu limitlar sabab aprel-may oylarida $400 dan ziyod obunaga toʻlab yuborgandim.
Dunyoning ishlarini qarangki raqobat fonida Claude limitlarni har hafta oshiryapti, chegirmalar qilyapti va tekin kreditlar tarqatyapti. Tunov kuni menga $120 kredit bergandi, bugun qarasam Claude Code va Cowork limitlari ham oshirilibdi. Siz ham tekshirib turing, kreditlar va limitlar kelganda olib qoling.
Ishqilib, bu poygada qaysi sunʼiy intellekt yutadi bilmadim-u aniq foydalanuvchilar maza qiladi.