Gazli ichimliklarning oʻzbek bozorini tahlil qilgandan soʻng, ularning tarmoqlardagi global marketing uslublarini kuzatdim. Shunda qiziq narsaga duch keldim.
Pepsi o‘z sahifalarida Coca-Cola bilan ochiqchasiga solishtiruvchi postlarni (1, 2) muntazam joylab boradi. Coca-Cola esa butunlay boshqa yo‘ldan ketgan. U mahsulotini raqobatchi bilan taqqoslashdan ko‘ra, brend beradigan eksklyuzivlik, hissiyot va hayot tarzini targ‘ib qiladi.
Bu holatni texnologiya bozorida ham ko‘rish mumkin. Samsung, Xiaomi va boshqa ishlab chiqaruvchilar o‘z taqdimotlarida Apple mahsulotlari ustidan kulishga yoki ularni solishtirishga urinadi. Apple esa bu solishtirishlarning deyarli birortasiga javob bermaydi va e’tiborni faqat mahsulot yaratadigan tajriba va eksklyuzivlikka qaratadi.
Xo‘sh, nega solishtirishni boshlagan taraf mag‘lub bo‘ladi? Bu juda oddiy mantiq.
Agar brend bozorda doimiy ravishda raqobatchi bilan o‘zini solishtirib, “men yaxshiroqman” deb isbotlashga urinayotgan bo‘lsa, demak u raqibni kuchliroq deb qabul qilgan bo‘ladi. Kuchli brend esa o‘zini solishtirmaydi, u standartni o‘zi belgilaydi, *imho.