Avvalroq sizlar bilan taksi bozorida WB Taxi shakllantirgan narx raqobati hamda agregatorning oʻrtacha oylik xarajatlari haqida mulohaza qilgan edik. Soʻnggi yarim yillik faoliyat natijalariga qaraganda, agregator dempingdan charchagandek koʻrinadi.
Kuzatuvlarimga koʻra, soʻnggi bir oyda WB Taxi mijozlari uchun beriladigan keshbek va bonuslar keskin kamaydi. Narxlar asosiy raqobatchi bilan tenglashdi, ayrim masofalarda esa hatto qimmatroq ham boʻlib qoldi. Qolaversa, haydovchilar uchun bonus shartlari ham murakkablashdi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, *menimcha WB Taxi demping bosqichini yakunlab, endi bozor tamoyillari asosida ishlashga oʻtmoqda. Lekin meni qiziqtiradigan savol boshqa, isteʼmolchilar shu olti oylik demping davrida WB Taxi xizmatiga oʻrganib ulgurishdimi?
Bozordagi agregatorlar orasidan tanlov qilish kerak boʻlsa, isteʼmolchilar aynan WB Taxi’ni tanlashadimi? Boshqacha aytganda, kompaniya shu davr ichida mijozlarga yaxshi assotsatsiya shakllantirdimi yoki millionlab dollar mablagʻni xuddi oshnasi Uklon singari shunchaki yoqvordimikan.
Ishqilib, Kremlga tegishli agregatorning kelgusi taktik yurishlari juda qiziqtiryapti. Mayli, kuzatamiz.