Soʻnggi yillarda klassik biznes modellaridan aynan gul doʻkonlari segmentini juda koʻp kuzataman. Ayniqsa, premium segmentda xizmat koʻrsatadigan gul doʻkonlari oʻta qiziq, sababi aynan shu segmentda pul va bozor katta.
Toshkentda asosan 3 ta gul doʻkonini premium segmentda katta oʻyinchi deb oʻylayman. Bular, Infinity roses, Vetka flowers, Secret Tashkent. Dastlabki ikki gul doʻkoni, Infinity roses va Vetka flowers narx boʻyicha deyarli bir xil. Bu gul doʻkonlarida minimal chek 4 mln soʻm atrofida. Maksimal chekda nollar soni cheksiz.
Secret Tashkent esa birmuncha oʻzbekona, yaʼni narxlar 500 ming soʻmdan boshlanadi va cheksizlikka qadar davom etadi. Yuqoridagi ikki gul doʻkonidan farqi hamda ustunligi bozorga narx masalasida toʻliq moslashgan.
Kuzatuvlarim natijasida hozircha ayta olamanki, premium gul doʻkonlarida avtomatlashtiriladigan jihatlar juda koʻp. Ularning bozori va muammosini oʻrganib yechim taklif etilsa yurib ketishi aniq. Chunki, chek katta, bozor savdolashadigan emas va asosan boyvuchcha mijozlar makoni, *imho.