7-may kuni AKFA Group tarkibidagi AKFA Aluminum Solutions U.S. LLC kompaniyasi AQSHning Kentukki shtati, Bowling Green shahrida yangi zavod qurilishini boshlab, rasmiy poydevor qoʻyish marosimini oʻtkazibdi.

Tadbirda Kentukki gubernatori Andy Beshear ishtirok etib, AKFA rahbariyatini samimiy tabriklabdi. $80 millionlik ushbu loyiha natijasida AQSHda 331 ta yangi ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda ekan.

AQSHʼda zavod ochish haqida AKFA Group rahbari 2025-yilning noyabr oyida aytgan edi, oradan koʻp vaqt oʻtmasdan mana gapini ustidan chiqdi.

Ishqilib Jahongir сказал, Jahongir сделал.

@hisperspective