Bugun youtubeda Toshkentdagi qahvaxonalar haqidagi manabu videoni koʻrib qoldim. Keyin, qiziqib Oʻzbekistondagi qahva bozorini tahlil qilib koʻrdim. Biroz asosiy oʻzgarishlar haqida.
Statistika agentligiga koʻra Oʻzbekiston 2021-yil davomida 333 tonna qariyb $1.9 millionlik qahva mahsulotlarini import qilgan. 2025-yilning birinchi yarmida (6 oyda) bu koʻrsatkich 431 tonnaga taxminan $3.9 millionga yetgan. Bundan xulosa qilish mumkinki o‘tgan yil biz qimmat kofedan ko‘proq iste’mol qilganmiz.
Bozorda eng koʻp filialga ega qahva sotadigan maskanlar uchligi ajoyib shakllangan. Birinchi oʻrinda Safia 145 ta filial, ikkinchi oʻrinda Caffelito 78 ta filial va soʻngida Bon 32 ta filial bilan bozorda raqobatlashmoqda.
Qahva bozoridagi yana bir muhim o‘zgarish 2024-yil o‘rtalaridan boshlab specialty segmentining shakllanishi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Hozirda Coffe Nation, Rassvet, Community Coffee kabi qahvaxonalar ushbu yo‘nalishda ajralib turadi. Ayniqsa Rassvet qahvaxonasi juda ajoyib va menga yoqadi. Sinab koʻring.
Xulosa qilsak, biz ko‘p qahva ichib yuboryapmiz.