Loyiha xotin/qizlarga mo‘ljallangan bo‘lib, 30 kun davomida ma‘lum yo‘nalishda ularning bilim-ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ekan. Ayniqsa loyihaning, “Buvijonlarimiz atlas toʻqigan. Bugun esa biz shu anʼanani davom ettiramiz. Endi dastgohda emas, kompyuterda, texnologiyalar tilida ijod qilamiz” degan shiori menga juda yoqdi.
Quvonarli jihati loyihada o‘qish uchun 15 ta qizga to‘liq grant va 30 ta 50% lik grant ajratilibdi. Loyihada ishtirok etish uchun manabu yerdan ro‘yxatdan o‘tish talab etilar ekan. Qolaversa, biz ham bayramlar munosabati bilan 3 ta talabgorning ushbu loyihada o‘qish xarajatlarini to‘lashni reja qildik. Mabodo grant ololmaganlar menejerga bog‘lanishsa yordam beramiz.
Xullas, postni salohiyatli va aytiga qiziqadigan qiz/ayollarga yuborib qo‘ying. Ular ushbu loyiha doirasida o‘qishsin.