Joriy yilning 24-sentyabr kuni “ICT Week 2026” haftaligi doirasida “Startup World Cup Uzbekistan 2026” tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda startap asoschilari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan grand final yo‘llanmasi hamda $1 mln miqdoridagi investitsiya mukofoti uchun bahs olib boradilar.
Loyiha 60 dan ortiq mamlakatda o‘tkaziladigan 100 dan ziyod mintaqaviy bosqichlarni hamda dunyo bo‘ylab 2500 dan ortiq investorlarni birlashtiradi. Eng muhimi, istalgan yo‘nalishdagi startaplar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Faqat asoschi ingliz tilida pitch qila olsa bas.
Xullas, arizalar quyidagi havola orqali 31-avgustgacha qabul qilinadi. Ishtirok eting, gʻolib boʻling.