Oʻtgan hafta higgsfield.ai asoschisi Alex Mashrabov Toshkentga kelib, oʻz bilim-tajribasi bilan ulashib ketgani haqida eshitgandirsiz.

Shu tadbir bahona bu startap va asoschi haqida biroz re-search qildim hamda qiziq keysga duch keldim.

Xullas, higgsfield.ai sabab 100 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qqa chiqgan. Noyabr oyida esa startap buni tan olib, odamlardan uzr so‘ragan.

Ajablanarlisi esa higgsfield.ai xodimlari bir oylik ish haqlaridan voz kechib, barcha tariflar boʻyicha narxlar pasayishiga oʻz hissalarini qoʻshishini bildirishgan.

Bu holat ayni butun dunyoda “Black Friday” chegirmalari ketayotgan vaqt televideniyada eʼlon qilingan hamda keng jamoatchilik ichida koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan balki, savdolar ham oshgandir. Qiziq marketing keysi.

Video: Instagram.

@hisperspective