Bu haqda startapning oʻzi xabar berdi. Xabarga koʻra, sarmoya Series A raundi doirasida jalb qilingan va kompaniya bu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan. Series A raundi haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

DataTruck Amerika bozorining yuk tashish sohasida, logistikani optimallashtirish platformasi sifatida oʻz xizmatlarini taqdim etib keladi. Asoschilari Shohruh Rahmonov, Maʼmur Qodirov, Aziz va Ulugʻbek Ergashevlar hisoblanadi.

Xullas, jalb qilingan $12 mln sarmoya sunʼiy intellekt yordamida mavjud modullarni kuchaytirish, yangi funksiyalarni ishlab chiqish va logistlarga tezroq, aniqroq, foydaliroq qarorlar qabul qilish imkonini beradigan qulayliklar ishlab chiqishga yoʻnaltirilishi aytilibdi.

2025-yil bahorida DataTruck $823 ming miqdoridagi bridge raundini ham muvaffaqiyatli yakunlagan edi. O‘shanda kompaniyaga AloqaVentures $300 ming, IT Park Ventures $250 ming, Domino Ventures $100 ming va AQShdagi Silk Road Angels investorlar klubi $173 ming sarmoya kiritgan edi.

Bir soʻz bilan yaxshi oʻsish va yaxshi startap. Yigitlarga omad.

@hisperspective