Alex Mashrabov o‘zining linkedin sahifasida hissiyotlarga boy postni joyladi, unda sherigi Yerzat haqida ko‘p iliq fikrlar bor.
Higgsfield asoschisining yozishicha Yerzat’siz hozirgi unikorn kompaniyaga asos solish imkonsiz bo‘lardi. U Yerzat Dulat Higgsfield’ni atigi bir yil ichida $0 dan $300M yillik daromad darajasiga olib chiqishda katta yordam berganini alohida ta’kidlagan.
“Men ko‘p hollarda Higgsfield’ning raqamlari va yutuqlari haqida yozaman. Ammo bularning hech biri Higgsfield’ning ortida turgan insonlarsiz sodir bo‘lmaydi. Va bu hikoya — Yerzatdan boshlanadi”, deya qo‘shimcha qilgan Alex.
Bundan bir xulosa olamiz. Har qanday startap rivojlanishi uchun kuchli insonlar kerak. Kuchli insonlar esa albatta bir maqsad atrofida birlasha olgan insonlardir.